Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 10-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga jo‘nab ketdi.
Davlatimiz rahbari 11-oktabr kuni turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.