Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Moliya 17/05/2025 Sergey Gimadiyev Apex Bank raisi etib tayinlandi

Sergey Gimadiyev Apex Bank raisi etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sergey Gimadiyev Apex Bank boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqdagi maʼlumot Korporativ axborot yagona portalining rasmiy sahifasida eʼlon qilingan.

Gimadiyev Apelsin to‘lov tizimining mobil ilovasini rivojlantirishda faol ishtirok etgan. Shuningdek, u Apelsin‘ning Uzum banki bilan birlashuvidan so‘ng, Uzum bankiga rahbarlik qilgan.

2023 yil iyul oyida Sergey Gimadiyev Asia Alliance Bank boshqaruv raisi etib tayinlangan edi. 2024 yil mayidan esa Apex Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling