Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
Senatda Vengriya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Vengriya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Vengriya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Vengriya Milliy majlisi Raisi o‘rinbosari Ishtvan Yakаb boshchiligidagi Vengriya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilgani, ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik va ishonchga asoslangan samarali hamkorlik rivojlanayotgani taʼkidlandi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik, qurilish, fan, taʼlim, innovatsiyalar va turizm sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Transport va logistika tizimini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, investitsiyaviy hamkorlik va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi. Jumladan, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar ilmiy muassasalar o‘rtasidagi sheriklikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar o‘rtasida tajriba almashish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini taʼkidladilar.

Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi. Qonun chiqaruvchi organlar o‘rtasidagi muntazam muloqot va delegatsiyalar almashinuvi davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashga hamda ikki tomonlama munosabatlarni barqaror rivojlantirishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Tomonlar qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, qo‘shma loyihalarda ishtirok etish va parlamentlararo muloqotni mazmunan boyitishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Vengriya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida parlamentlararo do‘stlik guruhlari faoliyatini faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling