Valyuta kurslari 28/03/2025
$1 – 12913.19
UZS – 0,03%
€1 – 13908.80
UZS – -0,19%
₽1 – 154.17
UZS – 0,57%
Qidirish
O‘zbekiston 27/03/2025 Senatda Vengriya davlat audit idorasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Vengriya davlat audit idorasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 27-mart kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Vengriya davlat audit idorasi raisi Laslo Vindish boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekistondagi islohotlar, yaqin qo‘shnichilik hamda xalqaro darajadagi ochiq va pragmatik tashqi siyosat Laslo Vindish tomonidan alohida qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida o‘rnatilgan ko‘p yillik do‘stlik va birodarlik aloqalariga hamda ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarning tarixiy ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, ikki davlat yetakchilarining saʼy-harakatlari bilan rivojlanib borayotgan strategik munosabatlar va ularning istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, savdo-iqtisodiyot va suv xo‘jaligi sohalarida hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, har ikki davlatning hududlari o‘rtasida muloqotlarni yana-da faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, davlat darajasidagi vazifalar ijro etilishini nazorat qilish masalasida tajriba almashish va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirishga va belgilangan tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling