Senat Raisi Markaziy Osiyo mamlakatlari bolalar ombudsmanlari bilan uchrashuv o‘tkazdi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
Senat Raisi Markaziy Osiyo mamlakatlari bolalar ombudsmanlari  bilan uchrashuv o‘tkazdi

Senat Raisi Markaziy Osiyo mamlakatlari bolalar ombudsmanlari  bilan uchrashuv o‘tkazdi

Senat Raisi Markaziy Osiyo mamlakatlari bolalar ombudsmanlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senat Raisi Tanzila Narbayeva Markaziy Osiyo mamlakatlari ombudsmanlarining birinchi xalqaro forumi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bolalar ombudsmanlari, shuningdek Norvegiya, Xorvatiya hamda Yevropa bolalar ombudsmanlari tarmog‘i (ENOC)ga raislik qilayotgan Finlyandiya bolalar ombudsmanlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda bolalar huquqlarini himoya qilishning qonuniy asoslari va ushbu sohada parlament nazoratining samarali amalga oshirilishi alohida taʼkidlandi.

Ishtirokchilar O‘zbekistonda bolalar huquqlarini taʼminlash bo‘yicha yaratilgan mustahkam qonunchilik bazasini yuqori baholadi. Xususan, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunlar hamda mintaqada noyob sanalgan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinganligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Mamlakatimizning bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tajribasi, jumladan, parlamentda Bolalar huquqlari bo‘yicha vakilning har yili bolalarning ahvoli hamda qonunchilik holati to‘g‘risidagi hisobotini taqdim etishi boshqa davlatlar uchun namuna sifatida eʼtirof etildi.

Shuningdek, bolalar huquqlarini himoya qilishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik va ularning tavsiya qilgan choralar-tadbirlarni amalga oshirishda parlament, davlat va nodavlat tashkilotlarning faol ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling