Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
Senat qo‘mitasida O‘zbekiston Eksportyorlar uyushmasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Senat qo‘mitasida O‘zbekiston Eksportyorlar uyushmasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Senat qo‘mitasida O‘zbekiston Eksportyorlar uyushmasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida O‘zbekiston Eksportyorlar uyushmasi vakillari hamda eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda eksportyorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va berilgan imtiyozlar, mahalliy mahsulotlar eksporti hajmini oshirishda qonunchilik bazasini takomillashtirish, xorijiy mamlakatlarda savdo uylari va omborlar tashkil etish, transport va logistika masalalari, shuningdek, O‘zbekiston mahsulotlariga sertifikatlar olishda Senatning amaliy ko‘magi masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida 2026-yilgacha milliy eksport hajmini 30 milliard AQSH dollariga yetkazish vazifasi belgilangani, tadbirkorlik mamlakatimizda ortga qaytmas kuchga aylangani, “Made in Uzbekistan” brendini dunyoga tanitish maqsadida xorijda o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalarda faol ishtirok etish uchun davlat tomonidan barcha zarur sharoitlar yaratilgani alohida taʼkidlandi.

Tadbir yakunida mamlakatimiz eksportyorlarini parlament darajasida qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik subyektlariga iqtisodiy salohiyatni yuksaltirish va eksportni kengaytirish borasida har tomonlama ko‘maklashish hamda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling