Sansei korporatsiyasi O‘zbekistonga to‘rtta ko‘chma tibbiy konteyner yetkazib beradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Yaponiyaning Sansei Corporation kompaniyasi prezidenti Naoki Shova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida qiymati 6,5 million AQSh dollarini tashkil etuvchi grant loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida qo‘shimcha 4 ta ko‘chma tibbiy konteyner yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.
2022-yilda loyiha birinchi bosqichi doirasida Yaponiya hukumati granti hisobidan kompyuter tomografi bilan jihozlangan ilk tibbiy konteyner O‘zbekistonga yetkazib berilgan edi.
Ushbu loyiha O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, aholiga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.