Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Janubiy Koreyaning Samsung Heavy Industries kompaniyasi 2025-yilda O‘zbekistondan 800 nafar malakali mutaxassisni ishga qabul qilishni rejalashtirmoqda.
Migratsiya agentligi taklifiga binoan, kompaniyaning global inson resurslarini boshqarish bo‘limi rahbari Jinxo Be O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Agentlikda o‘tkazilgan muzokaralar davomida tomonlar Samsung Heavy Industries uchun o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Kelajakdagi xodimlarga uch yil davomida Janubiy Koreyada ishlash va muddatni uzaytirish imkonini beruvchi E-7 turkumli ishchi vizasi taqdim etiladi.