Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Samarqandda Cobalt haydovchisi katta tezlikda aeroport to‘sig‘iga borib urildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 3-sentyabr kuni soat 01:00 lar atrofida Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasi — aeroport hududida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.
“Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirgan holda harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lda harakatlanayotgan “skuter”ni urib yuborib, aeroport kirish qismidagi avtomatik to‘siqqa borib urilgan.
Hodisa oqibatida skuter haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.