Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 5-dekabr kuni Samarqand shahrida “Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning barqaror rivojlanishida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusida Xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.
Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi.
Konferensiya yuqori darajadagi ishtirokchilar, jumladan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vakillari, ilmiy hamjamiyat, xususiy kompaniyalar va davlat korxonalari hamda atom energetikasi sohasidagi barcha ekspertlarni bir joyda yig'adi.
Shuningdek, tadbirda Islom hamkorlik tashkiloti (IHT), Markaziy va Janubiy Osiyo, Rossiya, Yaqin Sharq, Yevropa Ittifoqi va AQSh mamlakatlarining yetakchi mutaxassislari hamda XAEA va Xalqaro atom energiyasi assotsiatsiyasi (WNA) ekspertlari ishtirok etadi.
Mazkur konferensiya xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va atom energiyasidan xavfsiz foydalanish strategiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan.