Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Madaniyat 03/04/2025 Samarqand rasman YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkaziladigan joyga aylandi

Samarqand rasman YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkaziladigan joyga aylandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand rasman YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkaziladigan shahar sifatida tasdiqlandi. Bu haqdagi rasmiy kelishuv O‘zbekiston hukumati va YUNESKO o‘rtasida Parijdagi tashkilot qarorgohida imzolandi.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning taʼkidlashicha, bu nafaqat katta sharaf, balki yuksak masʼuliyat hamdir. Chunki so‘nggi 40 yil ichida ilk bor konferensiya Parijdan tashqarida o‘tkaziladi. Bu qaror O‘zbekistonning ijodiy industriyasi va xalq diplomatiyasi yo‘nalishidagi faol ishlari natijasida qabul qilindi.

«Bu – jahon jamoatchiligining yurtimizga, uning ochiqligiga, boy anʼanalari va madaniy merosiga, musiqa va adabiyotiga bo‘lgan katta qiziqishining ifodasidir. Biz madaniyat va sanʼat orqali mamlakatimizni targ‘ib qilayapmiz, dunyoga yana-da yaqinlashayapmiz va tushunarliroq bo‘layapmiz. Bu aloqalar esa har doim iqtisodiyot, qo‘shma loyihalar va umumiy g‘oyalarga aylanadi», — dedi Saida Mirziyoyeva.

YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi joriy yilda bo‘lib o‘tadi va unda taʼlim, fan va madaniyat masalalari muhokama qilinadi. Bu haqdagi bir ovozdan qabul qilingan qaror 2023 yilda o‘tkazilgan 42-sessiyada tasdiqlangan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling