Valyuta kurslari 03/03/2025
$1 – 12890.07
UZS – 0,1%
€1 – 13400.52
UZS – -0,75%
₽1 – 146.46
UZS – -1,15%
Qidirish
Sport 24/02/2025 Samarkand Marathon ONLINE MARATHON‘ni ishga tushirmoqda

Samarkand Marathon ONLINE MARATHON‘ni ishga tushirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 24 fevraldan 24 martga qadar Samarkand Marathon va UzPost hamkorligida ONLINE MARATHON — xayr-ehsonga bag‘ishlangan onlayn yugurish musobaqasi tashkil etiladi. U Samarkand Marathon yugurishlar seriyasining bir qismi hisoblanadi.

Tadbirda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish 24 fevralda marafonning rasmiy veb-saytida ochiladi. To‘plangan mablag‘lar xayr-ehson tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

ONLINE MARATHON har bir ishtirokchiga o‘ziga qulay vaqtda va o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yugurish imkonini beradi.

Samarkand Marathon yugurishlar seriyasi kuratori Sagitov Mirxan taʼkidladi: «ONLINE MARATHON — bu O‘zbekistonning turli burchaklaridan bo‘lgan yugurish ishqibozlari uchun Samarkand Marathon‘ning bir qismi bo‘lish imkoniyatidir. Biz nafaqat sport va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, balki muhim xayriya tashabbuslariga eʼtibor qaratishni ham maqsad qilganmiz».

Ishtirokchilar uchun yosh toifalariga qarab quyidagi masofalar belgilangan:

13 yoshdan: 2 km (yugurish, skandinavcha yurish);

16 yoshdan: 5 km, 10 km;

18 yoshdan: 21,1 km, 42,2 km.

Bolalar uchun maxsus yugurishlar:

KIDS RUN – 60 (60 m) — 3 yoshdan;

KIDS RUN – 300 (300 m) — 4-6 yosh;

KIDS RUN – 600 (600 m) — 7-11 yosh;

KIDS RUN – 1000 (1000 m) — 11-12 yosh.

ONLINE MARATHON nafaqat katta musobaqalarga tayyorgarlikni tekshirish imkoniyati, balki Samarkand Marathon‘ning xayriya maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash va esdalik sovg‘alariga ega bo‘lish imkonidir. Faqat O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etib, sovrinlarga ega bo‘lishlari mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling