Valyuta kurslari 28/03/2025
$1 – 12913.19
UZS – 0,03%
€1 – 13908.80
UZS – -0,19%
₽1 – 154.17
UZS – 0,57%
Qidirish
Dunyo 15/03/2025 Sadir Japarov Markaziy Osiyo uchun yagona viza joriy etishni taklif qildi

Sadir Japarov Markaziy Osiyo uchun yagona viza joriy etishni taklif qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyo davlatlari uchun yagona viza joriy etish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda u o‘zining Facebook‘dagi sahifasida maʼlum qildi.

Davlat rahbarining taʼkidlashicha, Qirg‘iziston va Tojikiston 101 yil davomida hal etilmay qolgan chegara masalasini to‘liq hal etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu butun mintaqa uchun tarixiy voqea hisoblanadi, chunki endi barcha Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarni delimitatsiya qilish jarayonini yakunladi.

Shu munosabat bilan Japarov mintaqada vizasiz rejim yaratishni taklif qildi. Shuningdek, xorijiy fuqarolar uchun Yevropa Ittifoqining Shengen vizasiga o‘xshash yagona viza tizimini joriy etish taklif qilindi. Bu ularga Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bo‘ylab erkin harakatlanish imkonini beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling