"Red Dragonfly" O‘zbekistonga 10 million dollar sarmoya kiritadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida, «O‘zcharmsanoat» assotsiatsiyasi raisi A. Sultonov Xitoyning «Zhejiang Red Dragonfly Shoes» kompaniyasi bilan yangi investitsiya loyihasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Loyiha qiymati 10 million dollarni tashkil qiladi.
Loyiha doirasida O‘zbekistonda mahalliy charmsanoatga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarida «Red Dragonfly» brendi ostida poyabzal va mo‘yna mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Dekabr oyida «Red Dragonfly» kompaniyasi vakillari loyihani amalga oshirish uchun mumkin bo‘lgan maydonlarni ko‘zdan kechirish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyuradilar.