Valyuta kurslari 15/08/2025
$1 – 12581.97
UZS – 0,67%
€1 – 14698.26
UZS – 0,27%
₽1 – 157.75
UZS – 0,61%
Qidirish
Turizm 05/08/2025 Raqobatni qo‘mitasi reklama to‘g‘risidagi qonunni buzgan kompaniyalar va Telegram-kanallarga jarima soldi

Raqobatni qo‘mitasi reklama to‘g‘risidagi qonunni buzgan kompaniyalar va Telegram-kanallarga jarima soldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarning “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid berilgan reklamalar o‘rganildi.

Natijada, Navoiy, Samarqand viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan jami 3 ta, yaʼni "A-HELLO ", "SM Tower Tour" va "RAYXONA TOUR" MCHJlarning turoperatorlariga nisbatan litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirgani va bu bilan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzgani yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

Shuningdek, Qo‘mitaning Farg‘ona , Namangan, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan jami 8 ta ("Umra safari 2025", "Makka madina Sayohat", "Saudiyaga Sayohat Muhammadyusuf", “iamalimusim”, "IYMONA TRAVEL", "HIKMAT TRAVEL", "Makka va Madinaga Ziyorat") telegram va instagram kanallari maʼmurlari hamda "Tashabbus travel" MCHJ tomonidan berilgan reklamalarda ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan mansabdor shaxslari maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Ushbu o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi taʼminlanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling