Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Raqobat qo'mitasi UPayning HUMO bilan integratsiyalashuvini ta'minladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasiga UPay to‘lov tizimi tomonidan “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ tizimi bilan integratsiya qilishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat qilingan.
Holat bo‘yicha Qo‘mita tomonidan belgilangan tartibda o‘rganish ishlari olib borilib, “Milliy banklararo protsessing markazi” AJga rasmiy so‘rov yuborildi hamda murojaatda bayon etilgan masala ijobiy hal etildi.
Natijada, “Maroqand” AJning UPay to‘lov tizimi HUMO tizimiga muvaffaqiyatli integratsiya qilindi va ayni paytda to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish to‘liq tiklangan.