Raqamli transformatsiya reytingida Bojxona qo‘mitasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tashkilotlarda raqamli transformatsiya holatini reyting baholash natijalariga ko‘ra, Bojxona qo‘mitasi 97,05 foiz natijani qayd etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi egalladi.
Reytingda respublikaning umumiy hisobda 91 ta ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur reyting O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 15 iyundagi 373-son qarori bilan amalga oshirib kelinmoqda.
Tashkilotlarda raqamli transformatsiya holatini reyting baholash ochiqlik va elektron ishtirok, elektron xizmatlar, axborot xavfsizligi hamda faoliyatning raqamlashganligi indekslari asosida amalga oshiriladi.