Ramazon oyida Toshkentda masjidlar yaqinida harakat cheklanadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ramazon oyidagi taroveh namozi tinch va xavfsiz o‘tishi uchun 28 fevraldan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 gacha Toshkentdagi ayrim masjidlar yaqinida transport harakati vaqtinchalik cheklanadi.
Quyidagi hududlarda harakat cheklanadi:
Mirzo Ulug‘bek tumani:
— Tepa masjidi — Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Bektemir tumani bo‘yicha:
— Alibek masjidi — M.Avezov ko‘chasidan H.Boyqaro ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Yashnobod tumani:
— Islom ota masjidi — Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar harakat cheklanadi.
— Ali ibn Abu Tolib masjidi — Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Mirobod tumani:
— Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi — Yangi-Qo‘yliq-Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
— Qo‘yliq ota masjidi — TXAY-Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Sergeli tumani:
— Maʼruf ota masjidi — Choshtepa ko‘chasidan 1-tor Choshtepa ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
— No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi — Yangi Sergeli-S.Xo‘janov ko‘chalari kesishmasidan- S.Xo‘janov Mohidil ko‘chalari kesishmasigacha qadar harakat cheklanadi.
Yakkasaroy tumani:
— Usmon bin Maʼzum masjidi — KXAY — Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY — Qushbegi chorraxasigacha qadar harakat cheklanadi.
— Yakkasaroy masjidi — Sh.Rustaveli — Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy — Bog‘u bo‘ston chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
— Rakat masjidi — J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Yangihayot tumani:
— Niyozmat ota masjidi — TXAY — Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi.
Shayxontoxur tumani:
— Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi — Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
— Kamolon masjidi — Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
Olmazor tumani:
— Hazrati imom masjidi — Nurafshon — Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy — A.Qodiriy chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
— Islomobod masjidi — KXAY — Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon — Sag‘bon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
— Do‘stjonboy (Sulola) masjidi — Sag‘bon — 12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li — Noraztepa chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
Yunusobod tumani:
— Mirza Yusuf masjidi — Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani:
— Abdullox ibn Masʼud (Katta Qani) masjidi — Katta Qani aylanmasidan Lutfiy — Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
— Xazrati Ali masjidi — Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshari ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi.
Chilonzor tumani:
— Novza masjidi — Bunyodkor-Muqumiy ko‘prigi tagidan 2-darajali yo‘l, Bunyodkor-Kamolon ko‘prigiga qadar harakat cheklanadi.
— Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi — Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
— Ubay ibn Kaʼf (Bo‘rijar) masjidi — Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
Tez yordam, militsiya va qutqaruv xizmati avtomobillari ushbu hududlarda erkin harakatlanishi mumkin.