Valyuta kurslari 08/05/2025
$1 – 12910.15
UZS – -0,11%
€1 – 14660.77
UZS – 0,27%
₽1 – 159.78
UZS – -0,1%
Qidirish
Iqtisod 16/04/2025 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazorati samarali tashkil etiladi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazorati samarali tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi:

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasini (Inspeksiya) mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi sifatida shakllantirish;

qurilish, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish hamda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida nazorat funksiyalarini to‘liq raqamlashtirish;

xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tizimi mexanizmlarini shakllantirish.

2025 yil 1 maydan: tadbirkor va qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari o‘rtasida shartnoma tuzilgan bo‘lsa, tadbirkorlarning qurilish obyektlarida qisqa muddatli davlat qurilish nazorati tadbirlari shartnoma shartlari doirasida amalga oshiriladi va “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi;

Inspeksiyaga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashish qatʼiyan taqiqlanadi.

2025 yil 1 sentyabrdan har bir qurilayotgan obyektning QR-kodli pasporti joriy qilinadi. Bu orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, shaharsozlik hujjatlari va tasdiqlangan ekspertiza xulosalari haqidagi maʼlumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylardagi joylarni, shuningdek, yerto‘lalarni qayta qurish va qayta rejalashtirishda shaharsozlik normalarini buzgan holda ko‘p kvartirali uyning konstruktiv qismlari va tayanch devorlariga o‘zgartirish kiritish, buzish hamda binoning zilzilaga bardoshliligiga salbiy taʼsir qiladigan ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

2025 yil 1 iyuldan: barcha ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlari majburiy tarzda shartnoma asosida texnologik auditdan o‘tkaziladi;

bosqichma-bosqich hududiy inspeksiyalarda Qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markazi tashkil etiladi;

tajriba-sinov tariqasida 2025 yilda Qashqadaryo viloyatidagi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga yangidan quriladigan obyektlarga videokameralar o‘rnatiladi;

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirishda mobil videokameralar (bodikamera) va maxsus planshetlardan foydalaniladi.

2025 yil 1 iyuldan: yakka tartibdagi uy-joylar va kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan qurilish nazorati xususiy sektor tomonidan olib boriladi;

xususiy qurilish nazorati obyektlarida qurilish yakuniga yetgandan so‘ng loyihachi tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida xulosa shakllantiriladi va buyurtmachiga taqdim etiladi;

qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tegishli tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi;

xususiy qurilish nazorati olib borilmaganda yoki nazoratni olib borgan loyihachining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lmaganda obyektlarni foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.

Quyidagilar xususiy qurilish nazorati obyektlari hisoblanadi:

2 qavatdan yuqori bo‘lmagan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar;

qurilish hajmi 300 metr kubdan ortiq bo‘lmagan noturar bino va inshootlar hamda yengil turdagi (konstruksiyali) qurilmalar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling