Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
Qoraqalpog'istondan Rossiyaning Sverdlovsk viloyatiga qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksporti ortadi

Qoraqalpog'istondan Rossiyaning Sverdlovsk viloyatiga qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksporti ortadi

Qoraqalpog'istondan Rossiyaning Sverdlovsk viloyatiga qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksporti ortadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Vladimir Jollibekov boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiyaning Sverdlovsk viloyatiga amaliy tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif doirasida Qoraqalpog'iston delegatsiyasi a'zolari Sverdlovsk viloyati gubernatori o'rinbosari – investitsiyalar va rivojlanish vaziri Dmitriy Ionin, Sverdlovsk viloyati sanoat va fan vaziri o'rinbosari Natalya Martinova va boshqalar bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

Muloqotlar chog'ida O'zbekiston va Rossiya hududlari o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, kimyo, oziq-ovqat, charm-to'qimachilik kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, Qoraqalpog'istondan Sverdlovsk viloyatiga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish, turizm, ta'lim yo'nalishlarida yangi dasturlarni amalga oshirish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.

Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Sverdlovsk viloyati o'rtasida birodarlashgan hududlar munosabatlarini o'rnatish istiqbollari muhokama qilindi.

Bo'lib o'tgan uchrashuvlar yakunlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi va Sverdlovsk viloyatining tarmoq vazirlik va idoralari o'rtasidagi muloqotni faollashtirish, Sverdlovsk viloyati delegatsiyasining javob tashrifini tashkil etish, Qoraqalpog'iston delegatsiyasining "TechnoBuild" ko'rgazmasida ishtirok etishini ta'minlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportini oshirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling