Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan hududlararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartishlar kiritishni maʼqulladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 20 avgustdagi №507-sonli qarori bilan Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Protokol tasdiqlandi. Ushbu hujjat 10 iyun kuni Toshkentda imzolangan edi.
Maʼlumot uchun, hujjat 2025 yil 1 sentyabrdan kuchga kirdi. Bu haqda Protokol 22 avgust kuni «Erkin Too» qirg‘iz gazetasida eʼlon qilinganidan keyin maʼlum bo‘ldi. Protokol ichki davlat tartib-taomillarini bajarish hamda ikki tomonlama aloqalarni yana-da mustahkamlashga qaratilgan.
Qoidalarni amalga oshirish uchun masʼul organ etib Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi belgilandi.
Respublika Tashqi ishlar vazirligi esa zarur tartib-taomillar yakunlangani haqida o‘zbek tomonini xabardor qiladi.