Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining majlisida Senat raisi va uning o‘rinbosarlarini saylash bo‘yicha tashkiliy masala muhokama qilinmoqda.
Tanzila Narbayeva davlat va jamoat boshqaruvida boy tajribaga ega ekani, o‘tgan davrda shu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatimizda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini ta’minlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vaziyat sezilarli ravishda yaxshilangani ta’kidlandi.
Shuningdek, Senat Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga senator Sodiq Safoyev, Senat Raisining o‘rinbosari lavozimiga senator Amanbay Orinbayev nomzodlari tavsiya etildi.
Ayni paytda majlis davom etmoqda. Senat faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish hamda Prezidentning senatorlar bilan muloqoti boshlandi.