Valyuta kurslari 15/01/2025
$1 – 12971.00
UZS – -0,01%
€1 – 13308.25
UZS – 0,64%
₽1 – 126.04
UZS – -0,45%
Qidirish
Texnologiyalar 04/01/2025 Alif kompaniyasi ITFCdan O‘zbekistondagi Nasiya xizmatini rivojlantirish uchun moliyalashtirish jalb qildi

Alif kompaniyasi ITFCdan O‘zbekistondagi Nasiya xizmatini rivojlantirish uchun moliyalashtirish jalb qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Alif guruhi Islom taraqqiyot banki guruhiga kiruvchi Xalqaro islomiy savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC)dan $3 million jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Ushbu bitim ITFCning «Ipak Yo‘li» banki bilan hamkorligi doirasida amalga oshirilib, O‘zbekistonning xususiy sektorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Olingan mablag‘lar mashhur fintech-xizmat Nasiya’ni yanada rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Bitim bo‘yicha Alif kompaniyasiga investitsion kompaniyalar Ansher Capital va TMT Global Advisors maslahat xizmatlarini ko‘rsatdi.

Alif Uzbekistan bosh direktori Nuriddin Lafizovning ta'kidlashicha, ITFC bilan hamkorlik fintech xizmatlarni kengaytirish va kompaniyaning bozor pozitsiyalarini mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.

"Mazkur hamkorlik chet el investitsiyalarini jalb qilish va innovatsion moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyamizni aks ettiradi. Biz, shuningdek, xorijda islomiy obligatsiyalar – sukuklarni joylashtirishni rejalashtirmoqdamiz," — deya qo‘shimcha qildi Lafizov.

Mazkur emissiya xalqaro Euroclear depozitarida ro‘yxatga olinadi va jalb qilingan mablag‘lar O‘zbekistondagi iste’molchilarni kreditlashga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil dekabr oyida Alif Uzbekistan Nasiya xizmatini rivojlantirish uchun AQShning Accial Capital investitsiya kompaniyasidan $20 million jalb qilgan edi. Ushbu bitim bo‘yicha maslahat xizmatlarini ham TMT Global Advisors amalga oshirgan.

Alif Uzbekistan ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda fintech-xizmat xorijiy investorlar tomonidan $50 millionga yaqin mablag‘ jalb qilgan bo‘lsa, kompaniyaning O‘zbekiston bo‘limiga umumiy investitsiyalar hajmi $150 milliondan oshgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling