Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Pokiston Toshkent, Samarqand, Karachi va Lohurda savdo uylarini ochish bo‘yicha kelishuvga erishdilar, deb xabar beradi IA «Dunyo».
Birinchi savdo uylari 2025-yil fevralda Karachida va 2025-yil martda Toshkentda ochiladi.
Karachidagi O‘zbekiston savdo uyi allaqachon ishga tayyor bo‘lib, uning ramziy ochilish marosimi 2025-yil 3-yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida, jumladan, issiqxonalar qurish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinmoqda.