Valyuta kurslari 27/12/2024
$1 – 12920.48
UZS – -0,06%
€1 – 13436.01
UZS – -0,19%
₽1 – 130.17
UZS – 0,39%
Qidirish
Turizm 05/12/2024 Pekinda turizm sohasidagi hamkorlikni har tomonlama kengaytirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi

Pekinda turizm sohasidagi hamkorlikni har tomonlama kengaytirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Pekinda “Xitoyda O‘zbekiston turizmi yili”ning rasmiy ochilishi tadbirlari doirasida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev va XXR madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Li Yingchuan o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Xitoyga bo‘lgan davlat tashrifi chog‘ida XXR Raisi S.Szinpin bilan erishilgan kelishuvlarga muvofiq o‘tkazilayotgan “Xitoyda O‘zbekiston turizmi yili” muvaffaqiyatli boshlanganini qayd etdilar.

Uchrashuvda turizm sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni har tomonlama kengaytirish bo‘yicha keyingi qadamlar atroflicha muhokama qilindi. Xitoy tomoni “Xitoyda O‘zbekiston turizm yili”ning barcha tadbirlarini hamkorlikda yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorligini tasdiqladi.

L.Yingchuan yaqin yillarda O‘zbekiston xitoylik sayyohlar uchun sevimli yo‘nalishlardan biriga aylanishiga ishonch bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling