Valyuta kurslari 12/12/2024
$1 – 12865.66
UZS – -0,06%
€1 – 13510.23
UZS – -0,36%
₽1 – 125.14
UZS – -2,39%
Qidirish
Moliya 28/11/2024 TBC Bank Uzbekistan Global Gender-Smart Fund jamg‘armasidan 10 million dollar to‘pladi

TBC Bank Uzbekistan Global Gender-Smart Fund jamg‘armasidan 10 million dollar to‘pladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mamlakatdagi eng yirik mobil bank TBC Bank Uzbekistan (TBC UZ) Global Gender-Smart Fund jamg‘armasidan 10 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ jalb qilganini e’lon qiladi.

Ushbu mablag‘lar TBC UZ’ga moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilishni davom ettirish va aholi soni bo‘yicha Markaziy Osiyoning eng yirik davlati bo‘lgan O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga yordam beradi.

Moliyalashtirish Global Gender-Smart Fund (GGSF) jamg‘armasi tomonidan, uning portfel menejerlaridan biri Triple Jump orqali amalga oshiriladi. Jamg‘arma moliyaviy xizmatlardan foydalanishdagi qariyb 1,7 trillion AQSH dollariga baholanayotgan global gender tafovutini bartaraf etishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Jamg‘arma moliya sohasida ijtimoiy mas’uliyatni ilgari surish va rivojlanayotgan mamlakatlarda ayollarning moliyaviy inklyuzivligini oshirishga qaratilgan. Jamg‘arma moliya sohasida ijtimoiy mas’uliyatni ilgari surish va rivojlanayotgan mamlakatlarda ayollar orasida moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish va ularni moliyaviy xizmatlardan foydalanishni oshirishga qaratilgan.

Jalb qilingan mablag‘lar TBC UZ ekotizimini ayollar va tadbirkor ayollarni kreditlash yo‘nalishida yanada rivojlantirishga sarflanadi. Bu kompaniyaning jahon darajasidagi raqamli moliyaviy xizmatlardan teng foydalanishni ta’minlash orqali odamlarning hayotini osonlashtirish borasidagi strategik missiyasiga to‘liq mos keladi.

"Biz Triple Jump’ni o‘z hamkorlarimiz safida ko‘rayotganimizdan va yangi investitsiyalarni jalb qilganimizdan mamnunmiz. Bu bizga mablag‘lar bazasini diversifikatsiya qilishni davom ettirish va taklif etilayotgan mahsulotlar qatorini kengaytirishga yordam beradi. Biz Triple Jump’ning rivojlanayotgan mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda moliyaviy inklyuzivlikni oshirish bo‘yicha intilishlarini qo‘llab-quvvatlaymiz va qulay raqamli bank yechimlarini barcha uchun ochiq bo‘lishini istaymiz".

TBC Uzbekistan bosh direktori Nika Kurdiani ta’kidladi: "Yangi moliyalashtirishni jalb etganimizdan va Triple Jump ’ni hamkorlarimiz qatorida ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Bu bizga mablag‘larimizni diversifikatsiya qilishni davom ettirish va mahsulotlar turlarini kengaytirish ga yordam beradi. Biz Triple Jump shirkatining rivojlanayotgan mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda, moliyaviy inklyuzivlikni oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz va qulay raqamli bank xizmatlaridan barcha foydalana olishini istaymiz." 

Triple Jump moliyaviy institutlari direktori Jarri Jung ta’kidladi: "Biz TBC Bank Uzbekistan bilan hamkorlikdan va ularning O‘zbekistonda mas’uliyatli va innovatsion raqamli bankni rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidan xursandmiz. Bu ayollar va tadbirkor ayollar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratishga yordam beradi. Umid qilamizki, bizning GGSF jamg‘armasi orqali kiritgan sarmoyamiz ayollarning moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash va milliy iqtisodiyotning yanada keng ko‘lamli o‘sishiga hissa qo‘shish orqali sezilarli natija beradi".

Triple Jump’dan olingan kredit TBC UZ tomonidan shu yilning boshida jalb qilingan mablag‘larni to‘ldiradi: FMO (Gollandiya tadbirkorlikni rivojlantirish banki) dan 40 million AQSH dollari miqdoridagi kredit, Shveysariyaning impakt-investori responsAbility Investments AG‘dan 20 million AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari, Shveysariyaning ta’sir investori BlueOrchard’dan 25 million AQSH dollari miqdoridagi qarz moliyalashtirish va YETTBdan 10 million AQSH dollari miqdoridagi kredit. Shunday qilib, 2024-yilda TBC Bank Uzbekistan tomonidan kapital bozorlariga jalb qilingan mablag‘larning umumiy summasi 105 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling