Ufada Namangan viloyatining savdo uyi ochiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil may oyida Ufada O‘zbekistonning Namangan viloyati savdo uyini ochish rejalashtirilgan. Bu haqda Bashqiriston Respublikasi sanoat, energetika va innovatsiyalar vaziri Aleksandr Sheldyayev hudud hukumatidagi tezkor yig‘ilishda maʼlum qildi.
Savdo uyini joylashtirish uchun “Mega” savdo markazida 600 kvadrat metrlik joy tanlangan.
Butikda to‘qimachilik sanoati mahsulotlari, jumladan, ishbilarmonlik kostyumlari, ko‘ylaklar, paltolar va uy uchun mahsulotlar taqdim etiladi.
Aleksandr Sheldyayevning taʼkidlashicha, ushbu loyiha savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va o‘zbek mahsulotlarining Bashqiriston bozoridagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.