Valyuta kurslari 18/03/2025
$1 – 12943.39
UZS – -0,08%
€1 – 14108.30
UZS – 0,36%
₽1 – 153.70
UZS – 1,7%
Qidirish
Iqtisod 12/02/2025 Jakartada O‘zbekiston-Indoneziya biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Jakartada O‘zbekiston-Indoneziya biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 10-12 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri B.Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Indoneziya Respublikasining Jakarta shahriga bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida 11 fevral kuni ikki davlat ishbilarmon doira vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Indoneziya biznes forumi hamda B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.

Unda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari, sanoat birlashmalari, tijorat banklari hamda qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, to‘qimachilik hamda charm sanoati yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq yirik kompaniyalar vakillari qatnashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov ham o‘z nutqi bilan ishtirok etdi.

Forum doirasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning dolzarb masalalari, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish choralari muhokama qilindi.

Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar, O‘zbekistonning turizm va sanoat salohiyati haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

2024 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 79,3 mln dollarni tashkil etadi. Indoneziyaga amalga oshirilgan eksport — 10,8 mln dollar, import esa 68,5 mln dollardan iborat.

Tadbir yakunlari bo‘yicha, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator kelishuvlarga erishildi.

Xususan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Indoneziya Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling