Valyuta kurslari 11/02/2025
$1 – 12971.93
UZS – 0,12%
€1 – 13394.81
UZS – -0,51%
₽1 – 133.86
UZS – 0,32%
Qidirish
Moliya 07/02/2025 “Kapitalbank”ga yangi boshqaruv raisi o‘rinbosari tayinlandi

“Kapitalbank”ga yangi boshqaruv raisi o‘rinbosari tayinlandi

(Surat: Spot.uz)

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Kapitalbank” kuzatuv kengashi Ulug‘bek Tavakkalovni bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinladi, deya xabar berdi moliya muassasasining matbuot xizmati.

Ulug‘bek Tavakkalov moliya sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, oldingi faoliyatida O‘zbekistonning yirik banklarida raqamli transformatsiya jarayonlarini boshqargan. Yangi lavozimida u chakana xizmatlar va moliyaviy mahsulotlar rivojlanishini nazorat qiladi.

“Kapitalbank” kuzatuv kengashi raisi Maqsud Abdusamadov Ulug‘bek Tavakkalovning professional bilim va tajribasi bankning rivojiga, xizmatlari va raqobatbardoshligini oshirishga katta hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi. «Yangi lavozimida u bank va mijozlari uchun yana-da katta yutuqlarga erishadi, deb ishonaman», — taʼkidladi Abdusamadov.

Tayinlov O‘zbekiston Markaziy banki tasdig‘idan keyin kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling