Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
O‘zbekiston 31/07/2025 Pedagoglar va iqtidorli o‘quvchilarni dam olish maskanlariga qabul qilish tartibi belgilandi

Pedagoglar va iqtidorli o‘quvchilarni dam olish maskanlariga qabul qilish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, maskanlarga yo‘llanmalar yil davomida berilib, u yerda dam olish 12 kunlik kun tartibi asosida amala oshiriladi.

Dam olish har yili quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Vazirlik) tizimi xodimlari va ilg‘or pedagoglar uchun – sentyabr-may oylarida;

iqtidorli o‘quvchilar uchun – iyun-avgust oylarida.

Har bir hududda maskanlarga dam oluvchilarni saralash uchun komissiyalar tashkil etiladi.

Komissiyalar tomonidan maskanlarga 7-14 yoshli iqtidorli o‘quvchilar belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi.

Shuningdek, dam olish maskaniga quyidagi ilg‘or pedagoglar tanlab olinadi:

xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;

xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar;

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

respublika bosqichidagi ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;

oliy va 1-malaka toifasiga ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari;

asosiy olimpiadalarning viloyat bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar.

Belgilangan mezonlar bo‘yicha dam oluvchilarga ketma-ketlik asosida yo‘llanmalar beriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling