Valyuta kurslari 02/05/2025
$1 – 12900.00
UZS – -0,16%
€1 – 14595.06
UZS – -0,59%
₽1 – 157.32
UZS – -0,81%
Qidirish
Iqtisod 30/04/2025 “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan China Cotton and Yarn Exchangen o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan China Cotton and Yarn Exchangen o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi rahbariyati Xitoy davlatida xizmat safarida bo`lib turibdi. Tashrif doirasida “China Cotton and Yarn Exchange” kompaniyasi raisi bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi to‘qimachilik sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi:

Xitoy tajribasi asosida O‘zbekistonda paxtani yetishtirishdan tortib, ip-kalava ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq zanjirni monitoring qilish mexanizmini joriy etish;

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida markazlashgan sotuv platformasini tashkil etish;

Xitoydan O‘zbekistonga paxta import qilish, uni qayta ishlab, ip-kalava shaklida Xitoyga yetkazib berish imkoniyatlarini o‘rganish.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling