Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Iqtisod 24/04/2025 “O‘zeltexsanoat” uyushmasi delegatsiyasi Xitoyda 20 dan ortiq yirik kompaniyalar bilan muzokaralar o'tkazdi

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi delegatsiyasi Xitoyda 20 dan ortiq yirik kompaniyalar bilan muzokaralar o'tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 15-17-aprel kunlari “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruv raisi M.Yunusov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan 137-Xalqaro “Canton Fair” ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Delegatsiya tarkibida uyushmaga a'zo “Premier Electrotech”, “Sam-Ferre”, "Artel Electronics Manufacturing" “Texnopark”, “Trinity Technology”, “Sam-Nur-Tafviz” kabi mahalliy soha korxonalarining 16 nafar vakili ham ushbu ko'rgazmada ishtirok etdi.

Ko‘rgazma doirasida “GREE”, “AUX”, “CHIGO”, “AUCMA”, “XINGX”, “WANBAO”, “MIDEA”, “KEG”, “SKYWORTH”, “LAMO”, “CHANGHONG” “TCL”, “CANDOR”, “YEHOS”, “ICCOLD”, “BLUECARBON”, “HOMA”, “GREATWAY”, “JEZETEEK”, “JG” kabi 20 dan ortiq yirik Xitoy kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvlarda O‘zbekistonning elektrotexnika sanoatida yaratilgan qulay sarmoya muhiti va infratuzilma imkoniyatlari tanishtirilib, Xitoy kompaniyalariga O‘zbekiston orqali xorijiy bozorlarga chiqish taklifi bildirildi.

Shuningdek, xorijiy investorlar uchun yurtimizda yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Xitoy kompaniyalarini O‘zbekistonga keng jalb etish, eksport hajmini oshirish hamda ikki tomonlama texnologik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlar ham muzokaralar markazida bo'ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling