“O‘zbektelekom” va Internet Initiative Japan tashabbusi tarmoq texnologiyalari sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tokyo shahrida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yaponiyaning yetakchi internet va tarmoq yechimlari provayderi “Internet Initiative Japan” kompaniyasini Prezidenti Koichi Suzuki bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, yig‘ilishda “O‘zbektelekom” AJ va “Internet Initiative Japan” o‘rtasida yangi hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Ushbu kelishuv ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlab, zamonaviy tarmoq texnologiyalari, ma’lumotlar bilan ishlash va raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.