Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Iqtisod 16/05/2025 “O‘zbekneftgaz” va Bell Energy neft-gaz sohasida texnologik yechimlarni ishlab chiqishga kelishib oldilar

“O‘zbekneftgaz” va Bell Energy neft-gaz sohasida texnologik yechimlarni ishlab chiqishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — CAExda o‘tkazilgan “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston xalqaro energetika forumi doirasida “O‘zbekneftgaz AJ va "Bell Energy" kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida tomonlar ishlab chiqarish obyektlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, innovatsion texnologik yechimlarni joriy etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Qolaversa, neft-kimyo va energetika sanoati uchun ko‘p tarmoqli loyihalash imkoniyatlari ham uchrashuvning asosiy mavzusi bo’ldi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda texnologik samaradorlikni oshirish, jarayonlarni takomillashtirish hamda milliy neft-gaz sanoatini yanada rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling