Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
“O‘zbekneftgaz” gaz yetkazib berish vaqtinchalik cheklangan bir paytda Farg‘ona vodiysiga benzin yetkazib berish hajmini oshirdi

“O‘zbekneftgaz” gaz yetkazib berish vaqtinchalik cheklangan bir paytda Farg‘ona vodiysiga benzin yetkazib berish hajmini oshirdi

“O‘zbekneftgaz” gaz yetkazib berish vaqtinchalik cheklangan bir paytda Farg‘ona vodiysiga benzin yetkazib berish hajmini oshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi gaz taʼminoti vaqtinchalik cheklangani munosabati bilan Farg‘ona vodiysi hududlariga benzin yetkazib berish hajmini oshirdi. Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar berdi.

Energetika vazirligi topshirig‘iga ko‘ra qabul qilingan qaror asosida 5 sentyabr kuni birja savdolariga Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari uchun qo‘shimcha 2 ming tonna yoqilg‘i chiqarildi. Kompaniya maʼlum qilishicha, odatda bu hududga 250–300 tonna atrofida benzin yetkazib berilgan bo‘lsa, hozirgi ko‘rsatkich yetti barobardan ziyodga o‘sgan.

Bundan tashqari, neftebazalar sutkasiga yigirma to‘rt soatlik ish tartibiga o‘tkazildi. “O‘zbekneftgaz” mutasaddilari esa uch viloyatdagi yoqilg‘i quyish shaxobchalari uzluksiz taʼminlanishi uchun zarur barcha choralar ko‘rilishiga ishonch bildirishdi.

Energetika vazirligi 4 sentyabr kuni «Ohangaron — Pungan» gaz quvurining ishini 5 sentyabr kunduzi soat 12:00 dan boshlab 36 soatga to‘xtatilishini eʼlon qilgan edi. To‘xtatish davlat dasturi doirasida tog‘ orqali o‘tkazilgan yangi tarmoqni ulash ishlari bilan bog‘liq. Ish jarayonida mahalliy hokimiyatlar bilan kelishgan holda yirik isteʼmolchilar, jumladan, gaz yoqilg‘isi quyish shoxobchalarini gaz bilan taʼminlash vaqtinchalik cheklanmoqda.

Vazirlik taʼkidlashicha, benzin yetkazib berish hajmining ko‘paytirilishi gaz taʼminotidagi vaqtinchalik uzilishlarni qoplashga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling