Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Iqtisod 18/05/2025 “O‘zbekneftgaz” AJ va United Energy Group Gazli tumanida gaz qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha shartnoma imzoladi

“O‘zbekneftgaz” AJ va United Energy Group Gazli tumanida gaz qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston xalqaro energetika forumi doirasida “O‘zbekneftgaz AJ va "United Energy Group Limited" kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotning asosiy mavzusi Gazli hududidagi konlarda qazib chiqarish hajmini oshirish maqsadida taklif etilgan innovatsion yechimlar bo’ldi.

Shuningdek, tomonlar ishlab chiqarish jarayonlarini kelgusida modernizatsiya qilish va optimallashtirish bo’yicha o’zaro fikr almashdilar.

Uchrashuv so’ngida “United Energy Group Limited” va “O’zbekneftegaz” AJ rahbarlari tomonidan Gazli hududidagi konlarda gaz qazib chiqarish hajmini oshirishning asosiy shartlari to’g’risidagi bitimni imzoladilar.

Mazkur bitim neft-gaz sanoatiga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, xorijiy tajribalardan keng foydalanish hamda uglevodorodlarni qazib chiqarish hajmini oshirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling