«O‘zbekkosmos» Xitoyning «China Siwei» kompaniyasi bilan hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «O‘zbekkosmos» agentligi Xitoyning «China Siwei» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur kompaniya 1992 yildan buyon kosmik bozorida faoliyat yuritib, Yerni kuzatish uchun 40 ta sun’iy yo‘ldoshga ega.
Tomonlar kosmik texnologiyalar sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.