Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida olib borayotgan harakatlari doirasida tovarlar va xizmatlar bo‘yicha ikki tomonlama bozorga kirish muzokaralarining yakunlanganini e’lon qilishdan mamnun, deyiladi AQSH Savdo vakili Ketrin Tayning bayonotida.
Bayden-Harris ma’muriyati O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lishi bo‘yicha doimiy sa’y-harakatlarini e’tirof etgan.
Bayonotda qayd etilishicha, O‘zbekiston 1994-yilda JSTga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan va 2020-yildan buyon bu yo‘nalishda faol ish olib bormoqda.
“O‘zbekistonning muzokaralarga jiddiy kirishgani so‘nggi ikki yilda, shu jumladan, ikki tomonlama muzokaralarimizning muvaffaqiyatli kechishida muhim omil bo‘ldi”, deyiladi bayonotda.