Valyuta kurslari 11/03/2025
$1 – 12940.11
UZS – 0,17%
€1 – 14055.55
UZS – 0,74%
₽1 – 145.62
UZS – 0,67%
Qidirish
O‘zbekiston 11/03/2025 O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni begona yukni olmaslikka chaqirdi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni begona yukni olmaslikka chaqirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar davomida begona yukni olishdan ehtiyot bo‘lishni fuqarolarga tavsiya etdi.

Diplomatik missiya maʼlumotlariga ko‘ra, ayrim shaxslar aeroportlarda turli bahonalar bilan yukni yetkazib berishni so‘rashlari mumkin. Ular og‘ir kasalligi bor qarindoshi yoki boshqa sabablarni bahona qilib, yukni boshqa yo‘l bilan yuborish imkoniyati yo‘qligini aytishi mumkin.

«Biroq, bunday vaʼdalarga ishonmang va begona yukni hech qanday holatda qabul qilmang!» — deyiladi Bosh konsulxona bayonotida.

Diplomatik idora maʼlumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda bir nechta o‘zbekistonlik fuqarolar bexabar holda noqonuniy yuklarni, jumladan, narkotik moddalar va soxta hujjatlarni tashish uchun qo‘llanilgan.

Masalan:2023 yil – Istanbul aeroportida 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi nomaʼlum shaxsning iltimosiga binoan yukni olib o‘tishga rozi bo‘ldi. Biroq, chegarada tekshiruv vaqtida yuk ichidan katta miqdorda narkotik moddalar topildi. Natijada, u 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. 2022 yil – Antaliya shahridan Toshkentga qaytayotgan yana bir fuqaro o‘ziga notanish kishining yukini olib o‘tishga rozi bo‘ldi. Yuk tarkibida soxta pasport va noqonuniy hujjatlar borligi aniqlanib, fuqaro bir necha yilga ozodlikdan mahrum etildi.

«Hatto inson og‘ir sabablarni ko‘rsatsa ham, hech qachon begona yukni olmang!» — deb ogohlantirdi Bosh konsulxona.

Diplomatlar fuqarolarni og‘ox bo‘lishga, ehtiyot choralarini ko‘rishga va shubhali iltimoslarga aldanmaslikka chaqirdi. Hushyorlik va ehtiyotkorlik jinoiy oqibatlardan saqlanishning eng muhim yo‘li ekanini taʼkidlashdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling