Valyuta kurslari 16/07/2025
$1 – 12778.12
UZS – 0,62%
€1 – 14931.23
UZS – 0,56%
₽1 – 164.01
UZS – 1,14%
Qidirish
Turizm 16/07/2025 O‘zbekistonning Belarusdagi yangi turizm brendi elchisiga maxsus sertifikat topshirildi

O‘zbekistonning Belarusdagi yangi turizm brendi elchisiga maxsus sertifikat topshirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Minskda O‘zbekistonning Belarusdagi yangi turizm brendi elchisi Vasilina Mitskevichga maxsus sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Vasilina Mitskevich belarus shoiri Yakub Kolasning nabirasi va uning nomidagi Davlat adabiy-memorial muzeyi fondlarining bosh saqlovchisidir.

Tadbirda xorijiy diplomatik korpusi, “Belarus–O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati, ommaviy axborot vositalari va madaniyat soha vakillari, taniqli yozuvchi va jurnalistlar ishtirok etdi.

Marosimda mashhur belarus shoiri Yakub Kolasning Toshkent shahrini va yurtimizning sayyohlar hamda mehmonlar orasida mashhur joylarini tasvirlab, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shganligi alohida ta’kidlandi.

“O‘zbekistonning turizm elchisi lavozimiga munosib ko‘rilganimdan juda xursandman. Faoliyatimda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlashni maqsad qilganman. O‘z ko‘zlarim bilan ko‘rgan va bilgan ko‘p asrlik tarixga ega O‘zbekistonning go‘zalligi va betakrorligini hamyurtlarimga yetkazishda davom etib, sayyohlar oqimini ko‘paytirishga hissa qo‘sha olaman deb umid qilaman”, – dedi Vasilina Mitskevich.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling