Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Iqtisod 16/05/2025 O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Shvetsiya Migratsiya departamenti direktori bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Shvetsiya Migratsiya departamenti direktori bilan muzokaralar o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashеv Shvetsiya Qirolligi Adliya vazirligi huzuridagi Migratsiya masalalari departamenti direktori Sofiya Ostmark bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, jumladan migratsiya sohasidagi o‘zaro aloqalar va mintaqaviy kun tartibini muhokama qildilar.

Afg‘onistondagi vaziyat va insonparvarlik yo‘nalishidagi hamkorlikning mumkin bo‘lgan shakllari yuzasidan fikr almashishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi hamda amaliy muloqotni yanada chuqurlashtirish borasida tomonlarning o‘zaro manfaatdorligini tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling