Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
O‘zbekistonlik maktab o‘quvchisi “Bilimlar muzyorari” ekspeditsiyasida ishtirok etdi

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchisi “Bilimlar muzyorari” ekspeditsiyasida ishtirok etdi

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchisi “Bilimlar muzyorari” ekspeditsiyasida ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Atom energetikasi bo‘yicha axborot markazlari tarmog‘i tomonidan “Rosatom” davlat korporatsiyasi ko‘magida tashkil etilgan «Bilimlar muzyorari» xalqaro Arktika ekspeditsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

10 kun ichida 21 davlatdan, jumladan O‘zbekistondan, tashrif buyurgan 66 nafar iqtidorli o‘quvchi Shimoliy Qutbga yetib borib, ekspeditsiya doirasida amalga oshirilgan jadal taʼlim dasturida ham faol ishtirok etdi. O‘zbekiston uchun bu ekspeditsiya alohida ahamiyat kasb etdi: mamlakatimiz nomidan maktab o‘quvchisi Alina Chembayeva ishtirok etdi. U to‘rt ming nafar nomzod orasidan muvaffaqiyatli ravishda saralab olindi.

«Bilimlar muzyorari» ilmiy-maʼrifiy loyihasi tabiiy fanlar va atom texnologiyalarini ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qobiliyatini rivojlantirish hamda kasb tanlashga yo‘naltirishga qaratilgan. Loyihaning olti mavsumi davomida “Rosatom”ning Arktika ekspeditsiyalarida 400dan ortiq iqtidorli maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Joriy yil ekspeditsiyasi Fan va texnologiyalar o‘n yilligi munosabati bilan tashkil etildi. Shuningdek, u Rossiya atom sanoatiga 80 yilligi va Shimoliy dengiz yo‘lini o‘zlashtirishning 500 yilligiga bag‘ishlandi.

Ekspeditsiya taʼlimiy jihatdan ham noyob loyiha bo‘ldi. Muzyorar kemada maktab o‘quvchilari yadro fizikasi, kompozit materiallar, ekologiya bo‘yicha yetakchi mutaxassislarning maʼruzalarini tinglash bilan birga, atom floti faoliyati bilan ham tanishdilar.

«Bizning kundalik jadvalimiz quyidagicha edi: nonushta, 3-4 ta maʼruza, tushlik, yana 3-4 ta maʼruza, kechki ovqat va kechki dastur. Ammo meni eng hayratga solgan narsa mutaxassislarning bizga yaqinligi bo‘ldi. Ular barcha tadbirlarda biz bilan birga bo‘lib, suhbatlashishga doim tayyor edilar. Istalgan paytda yaqinlashib, har qanday savolni berish imkoniyati bor edi. Masalan, biz muzliklar oldiga yetib borganimizda, muzning chiroyli, to‘yingan ko‘k rangda ekanligini ko‘rdim. Avval uni shaffof bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim. Shunda men suvshunos olimning oldiga bordim va “Nega muz ko‘k rangda?” deb so‘raganimda, u bu haqda batafsil tushuntirib berdi», - dedi Alina Chembayeva.

Bunday taʼlim muhitida o‘quvchilarning jahon darajasidagi olim va muhandislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yoshlar kelajagi uchun bebaho tajriba hisoblanadi.

Madaniy almashinuv esa to‘liq jonli muloqot shaklida amalga oshirildi. Alina o‘z vatanini tanishtirishga alohida eʼtibor qaratdi. U turli davlatlardan kelgan qatnashchilar bilan bo‘lib o‘tgan norasmiy suhbatlar davomida Samarqand va Buxoro haqida so‘zlab berdi hamda ularni O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi.

Ko‘pchilik uchun mazkur ekspeditsiya kelajakdagi kasb tanlovida muhim qadam bo‘ldi. Kimdir o‘zini ilm-fan sohasiga bag‘ishlashga qaror qilsa, yana kimdir muhandislik sohasini tanladi. Alina uchun esa ushbu sayohat ommaviy aloqalar sohasiga bo‘lgan qiziqishini yana bir bor tasdiqladi.

Loyihada ishtirok etishni istaganlar uchun Alina shunday maslahat beradi:

«Bunday loyihalarda ishtirok etish uchun ariza topshirishdan qo‘rqmang. Agar rad etishsa, siz hech narsa yo‘qotmaysiz. Bor kuchingizni sarflang, chunki bu kabi imkoniyat hayotda faqat bir marta beriladi. Agar uni qo‘ldan boy bersangiz va yetarlicha harakat qilmasangiz, keyinchalik qo‘lingizdan kelgan barcha ishni qilmaganingizdan qattiq afsuslanishingiz mumkin. Hammasi o‘z qo‘lingizda», - dedi Alina.

Bugungi kunda «Bilimlar muzyorari» nafaqat ilmiy-maʼrifiy dastur, balki yoshlar o‘rtasida xalqaro muloqot platformasi sifatida ham qabul qilinmoqda.

«Ikki yildan beri biz Arktikani faqat rossiyalik bolalari uchun emas, balki dunyoning turli davlatlaridan kelgan o‘quvchilar uchun ham ochib kelmoqdamiz. Ekspeditsiya ishtirokchilariga Shimoliy Qutbni va oq ayiqlarni ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lganimizdan ekipajimiz juda mamnun. “Bilimlar muzyorari”ning ahamiyatini bolalarning yuzlaridagi his-tuyg‘ularni ko‘rmaguncha to‘liq anglab bo‘lmaydi», - dedi «G‘alabaning 50 yilligi» atom muzyorar kemasi kapitani Ruslan Sasov.

O‘zbekiston ilk bor 2024 yilda «Bilimlar muzyorari» Arktika ekspeditsiyasida ishtirok etdi. O‘sha yili “MMFI” MTYAU Toshkent filiali bitiruvchisi Shahzoda Yoqubova safarga jo‘nab, loyihada ekspert va ilm-fan targ‘ibotchisi sifatida ishtirok etdi. Yoshlar uchun bunday xalqaro loyihalarda ishtirok etish nafaqat fan va taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaydi, balki ularni fanga qiziqish, yangilik yaratish va dune taʼlim muhitiga qo‘shilishga rag‘batlantiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling