Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Fevral oyining boshida Parijda yangi mavsumning birinchi "Katta shlem" dzyudo turniri bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 50 ga yaqin mamlakatdan 250 dan ortiq sportchi, shu jumladan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ishtirok etadi.
O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat sharafini Bahrom Boturov (-60 kg), Shahram Axadov (-73 kg) va O‘tkirbek Turaboyev (+100 kg) himoya qiladi.
"Katta shlem" turniri doirasida 2024-yilning eng yaxshi dzyudochilari ham e’lon qilinadi. O‘zbekiston Xalqaro Dzyudo federatsiyasi (IJF)ning besh nominatsiyasi bo‘yicha nomzodlari orasida o‘z o‘rniga ega.