Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — BBC 2024-yil uchun dunyoning 100 nafar ilhomlantiruvchi va ta’sirli ayollar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Nadya Murad, aktrisa Sheron Stoun va o‘zbekistonlik tadbirkor Dilorom Yo‘ldosheva bor.
Ikki yil avval Dilorom Yo‘ldosheva baxtsiz hodisa oqibatida ikkala oyog‘ini yo‘qotgan. Falokatga qaramay, u umidsizlikka tushmadi va o‘zining tikuvchilik biznesini ochdi. U ishchilar va maktab o‘quvchilari uchun kiyim tikish bo‘yicha shartnomalar tuzib, o‘zi va o‘nlab boshqa ayollarni daromad bilan ta’minladi.
BBC’ning "100 nafar ayol" loyihasi shuni ko‘rsatmoqdaki, dunyoning turli burchaklaridagi ayollar duch kelayotgan barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, ularning ko‘pchiligi o‘z zimmasiga yetakchilik vazifasini olib, jamiyatdagi o‘zgarishlar uchun kurashishni davom ettirmoqda.