Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
O‘zbekiston 20/04/2025 O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishning yangi normalari belgilandi

O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishning yangi normalari belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 1 maydan boshlab O‘zbekiston Respublikasida fuqorolar tomonidan shaxsiy, notijorat maqsadlarda tovarlarni bepul olib kirish uchun yangilangan tartiblar kuchga kiradi.

O‘zbekiston hukumati mamlakatning bojxonasidan baʼzi tovarlarni olib kirish qoidalarini “takomillashtirish” to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, havo transporti orqali chegarani kesib o‘tganda tovarlarning umumiy qiymati 1000 AQSH dollaridan oshmasligi kerak (avval 2000 dollargacha edi).

Temir yo‘l yoki suv transporti orqali olib kirish holatda meʼyor 500 dollargacha belgilangan (avval 1000 dollargacha).

Mashina yoki piyoda chegaradan o‘tayotganda tovar olib kirish limiti 300 dollarni tashkil etadi.

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalarida tovar olib kirish limiti 1000 dollardan 200 dollargacha kamaytirilgan.

Xalqaro pochta yuborishlarida limit o‘zgarmay qolgan — 100 dollar.

Shuningdek, bepul olib kirish huquqidan foydalanish uchun fuqarolarning xorijda bo‘lish muddatlari yangilandi. Masalan, agar fuqaro O‘zbekistonga piyoda yoki avtomashina bilan qaytsa, xorijda kamida ikki kun bo‘lishi kerak. Agar havo yo‘li bilan kelsa — kamida uch kun.

Qaror bilan O‘zbekiston hududiga bepul olib kirishga ruxsat etilgan tovarlar hajmi ham belgilangan. Jumladan, 2 litr alkogol ichimliklari, shu jumladan pivo, 200 ta sigaret, 5 ta sigara va 100 gramm tamaki bojsiz olib kirishga ruxsat etilgan.

Shuningdek, umumiy hajmi 300 millilitrdtan oshmaydigan 3 flakon atir bojsiz olib olib kirishga ruxsat berilgan.

Qaror bilan mamlakatdan ayrim turdagi mahsulotlarni chiqarish meʼyorlari ham belgilab qo‘yildi. Xususan, 3 kilogrammgacha go‘sht, 5 kilogrammgacha non va non mahsulotlari, 2 kilogrammgacha go‘sht va go‘sht mahsulotlari, shuningdek 2 kilogrammgacha shakar va shu kabi boshqa mahsulotlarni mamlakatdan bojsiz olib chiqish ruxsat beriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling