Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
Iqtisod 08/08/2025 O‘zbekistondagi ijtimoiy, tadbirkorlik va turar-joy obyektlarida 1,6 GVt dan ortiq quyosh energiyasi o‘rnatilgan

O‘zbekistondagi ijtimoiy, tadbirkorlik va turar-joy obyektlarida 1,6 GVt dan ortiq quyosh energiyasi o‘rnatilgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 1-avgust holatiga respublika bo‘yicha jami 129 826 ta obyektga umumiy quvvati 1 650 MVtga teng bo‘lgan kichik quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan.

Xususan, 19 ming 904 ta ijtimoiy obyektda 376,9 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyalari, 29 ming 678 ta tadbirkorlik obyektida 885,4 MVt, 78 ming 140 ta turar-joy obyektida 361,1 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyalari, 2 ming 104 ta ko‘p qavatli uyga umumiy quvvati 26,6 MVt bo‘lgan panellar o‘rnatildi.

2025-yilning yetti oyida ushbu quyosh panellar orqali 875 mln kVt⋅soat elektr energiya ishlab chiqarilgan bo‘lib, buning natijasida 265 mln metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishilgan va 294 ming tonna zararli gazlarning atmosferaga chiqishini oldi olingan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling