Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Iqtisod 16/05/2025 O‘zbekistondagi eng yirik onlayn-platformalarda 300 ta kontrafakt mahsulot topildi

O‘zbekistondagi eng yirik onlayn-platformalarda 300 ta kontrafakt mahsulot topildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda Uzum Market, Olcha va Glotr yirik onlayn platformalari faoliyati monitoringi o‘tkazildi, uning natijasida 300 ga yaqin turdagi kontrafakt mahsulotlar aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Monitoring natijalariga ko‘ra:

Uzum Marketda 220 ga yaqin, Glotr va Olchada esa 50 ga yaqin kontrafakt mahsulotlar savdoga taklif etilayotganligi aniqlandi.

Kontrafakt mahsulotlar asosan kiyim-kechak, kosmetika vositalari hamda maishiy texnikalarda ko‘proq uchramoqda. Mashhur brendlar – “Puma”, “Lacoste”, “Adidas”, “Chanel”, “Eclat”, “Gucci”, “Samsung”, “Bosch” kabi tovar belgilari bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotuvga taklif etilmoqda.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha huquq egalarining murojaatlariga asosan “Uzum Market” onlayn marketpleysidan ba’zi kontrafakt mahsulotlarning savdosiga chek qo‘yildi va ular olib tashlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling