Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekistonda yarim yil ichida 188,7 mingta kir yuvish va qurutish mashinalari ishlab chiqarildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonda 188,7 mingta maishiy kir yuvish va qurutish mashinalari ishlab chiqarildi.
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,5 mingtaga ko‘pdir.
Yanvar–iyun oylari bo‘yicha maishiy texnika ishlab chiqarish dinamikasi yillar kesimida quyidagicha ko‘rinish olgan: 2023 yilda — 233,4 mingta, 2024 yilda — 188,2 mingta, 2025 yilda esa — 188,7 mingta mashina ishlab chiqarilgan.