Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Iqtisod 23/04/2025 O‘zbekistonda uch oyda qariyb 90 ming yengil avtomashina ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda uch oyda qariyb 90 ming yengil avtomashina ishlab chiqarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning yanvar–mart oylarida mamlakatda turli markadagi 89 848 dona yengil avtomashina ishlab chiqarildi. Bu songa maxsus yengil transport vositalari kiritilmagan. Bu haqda Milliy statistika agentligi maʼlum qildi.

Ishlab chiqarilgan avtomashinalar orasida eng ko‘p ulushni Cobalt modeli egalladi — 32 208 dona.

Undan keyingi o‘rinlarni Damas (22 409 dona), Onix (11 774 dona) va Tracker (10 513 dona) modellari egallagan.

Shuningdek, hisobot davrida Kia markasidan — 6 150, BYD — 2 913, Chery — 1 996, va Haval — 1 885 dona avtomashina ishlab chiqarilgan.

Shu bilan birga, maxsus yengil transport vositalari ishlab chiqarish hajmi 7 426 donani tashkil etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling