Valyuta kurslari 26/12/2024
$1 – 12928.27
UZS – 0,14%
€1 – 13462.21
UZS – 0,35%
₽1 – 129.66
UZS – 0,44%
Qidirish
O‘zbekiston 06/12/2024 O‘zbekistonda tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash tizimi takomillashtiriladi

O‘zbekistonda tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash tizimi takomillashtiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika mahsulotlari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida qaror imzoladi, deb xabar qildi Adliya vazirligi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan belgilangan tartib va ro‘yxatga asosan quyidagi dori vositalari va tibbiy buyumlarning davlat xaridini to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirishga ruxsat etiladi: original dori vositalari (ularning ishlab chiqaruvchisi yoki rasmiy yetkazib beruvchisi orqali, yopiq turdagi laboratoriya uskunasi uchun maxsus reagent, reaktiv va sarflov vositalari, shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar.

“O‘zmedimpeks” va “Tibbiyot texnikalariga xizmat ko‘rsatish o‘quv-ishlab chiqarish markazi” davlat muassasalari negizida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Xaridlar markazi hamda Markazning 13 ta hududiy filiali tashkil etiladi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti sog‘liqni saqlash tizimida dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridining qonuniyligi va maqsadliligini ta’minlash, ularning manzilli yetkazilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling